
PSJ “Portu” futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Frantsiyaning PSJ klubi “Portu” jamoasi himoyachisi Danilu Pereyrani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Gap shundaki, Parij klubining yangi sport direktori ilgari aynan “Portu”da ishlagan Antero Enrike bo‘ldi va u 25 yoshli xavbekni Parijga olib kelmoqchi.
Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi safida 2016 yilgi Evropa chempionatida g‘olib chiqqan Pereyraning shartnomasida tovon puli 60 mln evro etib belgilangan.
Fikrlar