
PSJ posboni otdan yiqilib, boshidan jiddiy jarohat oldi
PSJ darvozaboni Serxio Riko otdan yiqilib, boshidan jiddiy jarohat oldi.
29 yoshli darvozabon Ispaniyada ot minib yurgan va yiqilishdan keyin boshidan jarohat olgan. Futbolchi kasalxonaga yotqizilgan va intubatsiya qilingan (nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlash uchun traxeyaga endotrakeal trubka kiritilgan), deb xabar bermoqda "Marca".
Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisa yiqilish natijasida emas, yugurayotgan otning Rikoning bo‘yniga urishi natijasida sodir bo‘lgan. Futbolchini erda turganida ot va arava urib yuborgan degan versiya ham bor. Bu ma’lumotlarning barchasi tasdiqlanmagan, hozircha rasmiy versiya yo‘q.
Riko 2020 yildan buyon PSJ safida to‘p suradi. Joriy mavsumda darvozabon parijliklar safida birorta ham o‘yin o‘tkazmadi.
Fikrlar