PSJ prezidenti: Iltimos, bizni hurmat qiling
PSJ klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfi The Times nashriga bergan intervyusida Qatarga kelgan futbol ishqibozlari tomonidan mamlakat rahbariyati tomonidan kiritilgan ayrim taqiqlar bo‘yicha bildirilayotgan e’tirozlar haqida gapirdi.
“Eshiting, men Evropani yaxshi ko‘raman. Men AQShni yaxshi ko‘raman. Men Osiyoni yaxshi ko‘raman. Men butun dunyoni yaxshi ko‘raman. Men hammani yaxshi ko‘raman, chunki har kimning o‘z an’analari, madaniyati, men hurmat qiladigan qadriyatlari bor. Biz Qatarda faqat o‘z qadriyatlarimiz va o‘z madaniyatimiz borligini aytmoqchimiz va Sizdan shunchaki madaniyat, an’analar, qadriyatlarni hurmat qilishingizni so‘raymiz.
Ko‘p narsa so‘ramayapmiz. Iltimos, bizni, qadriyatlarimizni hurmat qiling”, - dedi qatarlik ishbilarmon.

Fikrlar