PSJ Ramosga qancha va’da qilayotgani oshkor bo‘ldi
PSJ rahbariyati Serxio Ramosga rad etib bo‘lmas shartnoma tayyorlayotgani xabar qilingan edi. Endi bu bitimning asosiy detallari ma’lum bo‘ldi.
Agar Serxio Ramos Parijga keladigan bo‘lsa, PSJ xo‘jayinlari unga uch yillik shartnoma va yiliga 16,8 million evro maosh beriladi. Bundan tashqari, frantsuzlar Ramosga transfer bonusi ham va’da qilmoqda.
Ramos “Real”da 2005 yildan beri to‘p surib kelyapti. Uning “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi. Tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Madridliklar etakchi futbolchisining maoshini pasaytirish evaziga yangi bitim taklif qilyapti. Bu Serxioni qoniqtirmayapti.
“Real” Ramosning o‘rniga keladigan himoyachilar nomini oshkor qildi



Fikrlar