PSJ "Real" yulduzini sotib olishni ko‘zlamoqda
PSJ "Real" hujumchisi Vinisius Juniornı oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Bu haqida "El Nacional" nashri xabar bermoqda.
Manba maʼlumotiga koʻra, braziliyalik forvard madrid klubi uning yangi shartnoma boʻyicha talablarni qabul qilmasa, jamoadan ketish haqida oʻylamoqda. Ispaniya grandi va Vinisius oʻrtasidagi vaziyatni esa Parij klubi diqqat bilan kuzatib turibdi. PSJ rahbari Nasser Al-Xelaifining shaxsan oʻzi futbolchini jamoasida koʻrishni xohlamoqda.
25 yoshli futbolchining "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi. Uning ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 150 million yevroga baholanmoqda.
Maʼlumot uchun, Vinisius joriy mavsum madridliklar safida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol kiritdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar