PSJ “Real”ga futbolchi so‘rab, taklif yubordi

  • 15.05.2023 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yozgi transferlar davri yaqinlashayotgani bois, klublar o‘zlari ko‘zlagan o‘yinchilarni olish harakatlarini boshlab yubordi.

Jumladan, Frantsiya chempioni bo‘lishga yaqin turgan PSJ kelasi mavsum oldidan himoya chiziini mustahkamlash maqsadida “Real” futbolchisi Ferlan Mendini qo‘lga kiritmoqchi.

El Nacional nashrining yozishicha, parijliklar 27 yoshli futbolchini so‘rab, Madrid klubiga rasmiy taklif yubordi. Unga ko‘ra, PSJ bu transferga 30 million evro tikishga tayyor.

Ayrim manbalarning ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres Mendining transferini 45 million evroga baholamoqda.

Frantsiyalik himoyachining madridliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!