PSJ "Real"ning 3 nafar futbolchisi uchun 210 mln evro taklif qilmoqchi

  • 14.05.2019 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ klubi "Real" Madridning 3 nafar futbolchisi - Toni Kroos, Isko va Garet Beylga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra parijliklar ushbu uchchala futbolchini ham yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi va buning uchun “qirollik klubi”ga 210 mln evro to‘lashga tayyor. O‘z navbatida madridliklar ham ushbu futbolchilar borasidagi taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Beyl joriy mavsum 42ta o‘yinda maydonga tushdi va 14ta gol hamda 6ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 27 yoshli Isko 36ta uchrashuvda ishtirok etdi va 6ta gol hamda 1ta golli uzatma amalga oshirdi. 29 yoshli Kroos esa 43ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!