PSJ taslim bo‘ldi

  • 21.05.2020 10:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibalini sotib olish fikridan qaytdi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Napoli” parijliklardan juda katta mablag‘ talab qilmoqda. Shu bois Frantsiya chempioni senegallik futbolchi uchun kurashdan chiqqan.

Hozirda Kaliduga MYu va “Liverpul” kabi APL grandlaridan jiddiy qiziqishlar mavjud.

Kulibali joriy mavsum “Napoli” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi. Neapolliklar esa uni 70 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!