PSJ uchta supertransferga qo‘l urmoqda

  • 15 aprel, 2023, 13:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati kelasi mavsum Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli qatnashish maqsadida tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirishga qaror qildi.

Tecno

Parijliklar ana shu rejaga asosan Angliya Premer-ligasidan uchta katta transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Birinchi navbatda, “Chelsi” vakili N’Golo Kante olib kelinadi.

Frantsiyaning eng qudratli klubi Kantening jamoadoshi Hakim Zieshga ham ish berishga tayyor. Londonliklar har ikki o‘yinchini qo‘yib yuborishga qarshi emas.

PSJ “Manchester Yunayted”da yana o‘zini ko‘rsata boshlagan Antoni Marsyalga ham ko‘z tikmoqda. Yaqinda manchesterliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag frantsiyalik hujumchini yozda klubdan ketadigan o‘yinchilar ro‘yxatiga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!