PSJ va “Bavariya” “Barsa”ning orzusidagi futbolchini talashmoqda

  • 26 dekabr, 2024, 14:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning PSJ va Germaniyaning “Bavariya” klublari “Atletik Bilbao” qanot hujumchisi hisoblangan Niko Uilyamsga juda katta qiziqish bildirmoqda. 
 
Xabaringiz bor, yozgi transferlar oynasida Flik boshchiligidagi “Barselona” Nikoni sotib olmoqchi edi. Biroq, moliyaviy muammolar sabab bu transfer amalga oshmay qoldi. 
 
“El Desmarque” nashrining xabar berishicha, parijliklar va nemislar hujum chizig‘ini ispaniyalik futbolchi bilan kuchaytirishni maqsad qilib qo‘ygan. Manbaga ko‘ra, ikki klub ham futbolchi uchun bilbaoliklarga 50-60 million evro atrofidagi summani taklif qilmoqchi. 
 
"DefensaCentral" nashri esa bir necha kun oldin Uilyamsni Madridning “Real” klubida harakat qilishni orzu qiladi, deya xabar bergan edi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 22 yoshli hujumchi “Atletik” safida joriy mavsum 23 ta bellashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 70 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!