PSJ va "Siti" Xarri Keyn uchun kurashadi

  • 04.01.2021 22:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Pari Sen-Jermen" va "Manchester Siti" klublari "Tottenxem" forvardi Xarri Keyn uchun kurashga kirishdi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, har ikkala klub ham 27 yoshli ingliz futbolchisini shu qish yoki yozgi transferlar davrida sotib olishga urinib ko‘rmoqchi. “Shporlar” ham, o‘z navbatida, etakchi futbolchisini sotmoqchi emas va u bilan shartnomani uzaytirishga harakat qiladi. Keyn esa “Tottenxem” safida sovrin yuta olmayotgani sabab boshqa jamoaga o‘tishni xohlamoqda.

Keyn joriy mavsum “Tottenxem” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!