
PSJ yangi bosh murabbiy bilan shartnoma tuzdi
O‘tgan mavsumda “Nitstsa”n boshqargan Kristof Galte PSJ bilan o‘artnoma tuzdi, deb xabar tarqatdi insayder Fabritsio Romano.
Manbaning ta’kidlashicha, Galte jamoaga rasman bosh murabbiy sifatida tanishtirilganidan keyin kelasi mavsumga tayyorgarlik mashg‘ulotlarini boshlab yuboradi.
Shartnoma imzolash marosimida PSJning yangi sport direktori Luis Kampos ham ishtirok etdi. Aynan mana shu mutaxassis PSJni Galte boshqarishini istagan va uning nomzodini ilgari surgandi.
Parijliklar o‘z bosh murabbiyini qo‘yib yuborgani uchun “NItstsa” klubiga 10 million evro miqdorida kompensatsiya to‘laydi.
Fikrlar