
PSJ yulduzi ham "Al-Nassr"ga o‘tishi mumkin
"Al-Nassr" PSJ himoyachisi Serxio Ramosga qiziqish bildirmoqda.
Saudiya Arabistoni klubi "Al-Nassr" o‘tishga yaqin turgan Krishtianu Ronaldu bilan birgalikda Serxio Ramosni ham o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyatida.
Ispaniyalikning Parij klubi bilan shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi. Avvalroq, klub u bilan shartnomani uzaytirishni istamayotgani haqida aytilgandi.
Ma’lumot uchun, "Al-Nassr" Firmino hamda Kantega qiziqayotgani haqida ham xabarlar chiqmoqda.
Fikrlar