PSJ ziddiyat tufayli transferdan voz kechdi
Frantsiya futbolida klublar o‘rtasidagi keskinlik maydondan tashqarida ham saqlanib qolishi odat tusiga kirgan.
“Pari Sen-Jermen” ashaddiy raqiblardan biri “Lion” bilan o‘zaro ziddiyat tufayli ko‘zlagan transferidan voz kechishiga to‘g‘ri keldi.
Parijliklar qator grandlar nazaoriga tushgan yarim himoyachi Rayan Sherkini o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlab yurgandi. Ular bu transferni yanvarda amalga oshirmoqchi edi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, poytaxtliklar bu transferdan voz kechishiga to‘g‘ri kelgan. Chunki klublar o‘rtasidagi sovuq munosabatlar 21 yoshli futbolchini olishni qiyinlashtirib yubordi.
Rayan Sherkining lionliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.



Fikrlar