PSJda ishlari o‘xshamagan Pochettino endi nima qilmoqchi?

  • 16 aprel, 2022, 18:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ futbolchilarining jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettinodan hafsalasi pir bo‘lgan, deb yozmoqda jurnalist Adrian Grenier Le Parisien nashriga tayanib.

Manba bergan xabarga ko‘ra, jamoa futbolchilari argentinalik mutaxassisni "Real"ga qarshi javob o‘yinida (1:3) o‘ta passiv harakat qilgan deb hisoblashmoqda. Qayd etilishicha, Pochettino o‘tgan bir yarim mavsumdagi faoliyati davomida parijliklar rahbariyatini jamoaga mos murabbiy ekaniga ishontira olmagan.

Qayd etilishicha, Pochettino ham PSJda o‘zini noqulay his qilmoqda. U yana premer-ligaga qaytishni orzu qilayapti.

Eslatib o‘tamiz, Maurisio Pochettino APLda "Sautgempton" va "Tottenxem" klublarini boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!