PSJdan kutilmagan yurish: “Lans” bilan bo‘ladigan “oltin o‘yin” qoldiriladimi?
“Chelsi”ga qarshi ikkita o‘yin oralig‘ida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan “PSJ” – “Nant” uchrashuvini qoldirish haqidagi qaror o‘z samarasini berdi.
Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘llanma olgan poytaxt klubi, bu safar “Liverpul” bilan bo‘ladigan ikki o‘yin o‘rtasiga to‘g‘ri keladigan “Lans” – PSJ (11 aprel) bahsini ham muddatini o‘zgartirish bo‘yicha so‘rov yuborish haqida o‘ylamoqda.
- Men hali yangiliklarni kutishni xohlardim. Har bir jamoa musobaqada o‘ynash uchun eng yaxshi sharoitlarni topishga harakat qiladi, lekin har bir tomonning manfaatlarini ham tushunish mumkin, - deydi Luis Enrique matbuot anjumanida.
Ushbu “Lans” – PSJ qarama-qarshiligining o‘ziga xos jihati shundaki, bu Liga 1 peshqadami va uning eng yaqin ta’qibchisi (2-urin) o‘rtasidagi markaziy bahs hisoblanadi.
Fikrlar