PSJga kerak bo‘lmay qolgan Ikardining narxi qancha?

  • 31 dekabr, 2021, 19:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Pari Sen-Jermen"ning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi yanvar oyidagi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Le Parisien nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, Parij klubi argentinalik futbolchining transferi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Ular hujumchini 30 million evroga baholamoqda.

PSJ 2020 yilning yozida Ikardi uchun “Inter”ga 50 million evro to‘lagan edi. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi barcha turnirlarda 20 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!