
PSJga yana bir superhujumchi kerak
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Braziliya terma jamoasi hujumchisi Risharlisonga xaridor bo‘lmoqda.
Parijliklar asosiy yulduzi Kilian Mbappeni yangi shartnomaga ko‘ndira olgani yo‘q. Futbolchi yozda boshqa klubga o‘tib ketishi kutilyapti. Pochettino uning o‘rnida “Everton” etakchisiga aylangan Risharlisonni o‘ynatmoqchi.
Bu futbolchining PSJ vakili Neymar bilan aloqalari yaxshi. Bu uning Parijni tanlashida muhim omil bo‘lishi mumkin.
Fikrlar