PSJning eng yorqin iste’dodlaridan biri ketishi aytdi

  • 25 iyun, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Transfer huquqi PSJ klubiga tegishli bo‘lgan Xavi Simons yozda boshqa klubga o‘tib ketishini bildirdi.

21 yoshli niderlandiyalik futbolchi aslida “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. PSJ uni 2019 yili erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Xavi Simons Parijga kelganidan keyin asosiy jamoaga qo‘shila olmayapti. Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan iste’dodli o‘yinchi hozirga qadar PSV va “Leyptsig” jamoalarida ijarada to‘p tepdi.

O‘z iste’dodini namoyon etib kelayotgan Simonsning narxi 80 million evroga ko‘tarildi. Unga bir necha grandlar da’vogarlik qilmoqda.

Simons PSJ asosiy tarkibiga kirish uchun kurashish o‘rniga boshqa jamoaga ijaraga o‘tmoqchi. Uning poytaxt klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!