PSJning "Loryan"ga qarshi bahs uchun qaydnomasi e’lon qilindi. Yulduzlar yo‘q

  • 12 avgust, 2023, 15:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe, Neymar va Marko Verratti PSJning Frantsiya chempionati 1-turi uchun qaydnomaga kiritilmadi.

PSJ Frantsiya chempionatining 1-tur uchrashuvida "Loryan"ga qarshi maydonga tushishi mumkin bo‘lgan 20 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida hujumchilar Kilian Mbappe va Neymar, shuningdek, yarim himoyachi Marko Verratti kiritilmagan.

Darvozabonlar: Janluiji Donnarumma, Keylor Navas, Arnau Tenas

Himoyachilar: Ashraf Hakimi, Markinos, Lyuka Ernandes, Milan Shkrinyar, Leven Kurzava

Yarim himoyachilar: Manuel Ugarte, Fabian Ruis, Danilo Pereyra, Vitinya, Marko Asensio, Li Kang In, Cher Ndur, Karlos Soler, Uorren Zair-Emeri, Ismoil Garbi;

Hujumchilar: Gonkalo Ramush, Yugo Ekitike. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!