
PSJning yosh iqtidoriga "Siti", "Arsenal" va "Borussiya" da’vogar
Uorren Zair-Emeriga “Borussiya”, “Manchester Siti” va “Arsenal” qiziqmoqda.
"RMC SPORT" xabariga ko‘ra, dortmundliklar PSJning 17 yoshli yarim himoyachisi transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlagan.
"Arsenal" va "Manchester Siti" futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Pep Gvardiola yarim himoyadagi iqtidorlarga muxlislik qiladi. Murabbiyning fikricha, Uorrenda juda katta potentsial bor.
Qayd etilishicha, PSJ u bilan xayrlashmoqchi emas va shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.
Fikrlar