
“Pul bo‘lsa changalda sho‘rva”. “Chelsi” klubni mensimagan superyulduz kelishiga ishonmoqda
“Borussiya” to‘purari Erling Xoland yaqinda “Chelsi”ni superklub darajasida qabul qilmasligini va shu bois, bu jamoaga o‘tmasligini ta’kidlagandi. Shunga qaramay, “Chelsi” rahbariyati norvegiyalik hujumchi uchun kurashda o‘zini favorit sanamoqda.
“Chelsi” Xolandga da’vogarlik qilayotgan “Real” va “Barselona” kabi klublardan farqli ravishda moliyaviy jihatdan yuqori imkoniyatga ega ekaniga ishonmoqda. Shuning uchun ham “aristokratlar” dortmundliklarning 110 million evro miqdorida belgilagan narxini yozda to‘lashga tayyor.
“Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich Dide Drogba ketganidan buyon davom etib kelayotgan to‘purar hujumchi muammosini Xoland bilan uzoq muddatli shartnoma tuzish orqali hal etmoqchi.
Xoland “Borussiya”ga o‘tganidan beri 43 ta uchrashuvda 45 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar