
Pyanich gol urgan o‘yinda "Andijon" legioneri 84 daqiqa to‘p surdi
Evropa maydonlarida ham JCh-2022 saralash doirasidagi o‘yinlar davom etmoqda. “D” guruhida Qozog‘iston terma jamoasi safarda Bosniya va Gertsegovina bilan kuch sinashdi. O‘ta murosasiz kechgan bahs 2:2 hisobida yakunlandi.
Barcha gollar ikkinchi bo‘limda kiritildi. Islambek Kuat 52-daqiqada Qozog‘istonni oldinga olib chiqdi. 74-daqiqada mezbonlar etakchilaridan biri Miralem Pyanich penaltidan gol urib hisobni tenglashtirdi. 86-daqiqada esa Luka Menalo mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Lekin 90+5-daqiqada Baxtiyor Zaynutdinovning goli Qozog‘istonni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi - 2:2.
Mana shunday qiziqarli kechgan bellashuvda “Andijon”ning qozog‘istonlik legioneri Vladislav Vasilev asosiy tarkibda maydonga tushdi. 82-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirilgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib, o‘rnini jamoadoshiga bo‘shatib berdi.
Shuningdek, bosniyaliklar sardori Edin Jekoga ham sariq kartochka ko‘rsatildi va u o‘yinni to‘liq o‘tkazdi.
Fikrlar