Pyanichdan keyin “Barselona” yana bir katta transfer hozirlamoqda

  • 6 iyul, 2020, 22:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yaqinda “Yuventus” pleymeykeri Miralem Pyanichni qo‘lga kiritganiga qaramay, yana bir kuchli yarim himoyachi olishni maqsad qildi.

Tecno

Kataloniyaliklar “Tottenxem”ning eng qimmat futbolchisi Tangi Ndombeleni ko‘zlamoqda. Bu futbolchi ayni paytda jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan kelisha olmayapti. Shuning uchun londonliklar frantsiyalik yarim himoyachini o‘zlari olgan narx – 60 million evroga sotib yuborishga tayyor.

Ndombele bu mavsumda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkitadan gol va golli pas muallifi bo‘ldi.

425002

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!