Pyanichning qachon "Barselona"ga qaytishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

  • 10.12.2021 08:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Mavsumni "Beshiktosh" safida ijarada o‘tkazayotgan yarim himoyachi Miralem Pyanichning Turkiyadagi safari erta qarishi mumkin.

Sport.es nashri tarqatgan xabarga qaraganda, klub murabbiylar shtabi 31 yoshli bosniyalik futbolchining harakatlaridan qoniqish xosil qilmayapti. Agar vaziyat tez orada o‘zgarmasa, turk klubi ijara shartnomasini bekor qiladi va Miralemni yanvarda "Barselona"ga qaytarib yuboradi.

Pyanich joriy mavsum "Beshiktosh" tarkibida jami 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning ayni damdagi transfer narxi 18 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!