
Pyotr Yan Merab Dvalishvili bilan jang qiladimi?
Sobiq UFC chempioni Pyotr Yan (18-5) amaldagi chempion Merab Dvalishvili(18-4)ni navbatdagi raqibi sifatida ko‘rmoqda.
"Men Merab bilan revanshga loyiq ekanimga ishonaman. Bu juda ajoyib bahs bo‘ladi. Agar Merab va Umar o‘rtasida jang tashkil etilsa, men Shon O'Melli bilan revansh o‘tkazishni xohlayman", – dedi rossiyalik Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Merab Dvalishvilining o‘zi ham 8 mart kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan "UFC 313" turnirida Pyotr Yandan unvonini himoya qilishga tayyorligini aytgandi.
Fikrlar