Qamalib chiqqan futbolchi O‘runovning yangi jamoadoshiga aylanishi mumkin

  • 22 iyul, 2020, 20:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning "Spartak" klubi mavsumni “Sochi” safida ijarada o‘tkazayotgan "Zenit" hujumchisi Aleksandr Kokorinning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Sport24 nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “Spartak” tez orada Kokorinni qoniqtiradigan moliyaviy taklif yubormoqchi. Aytish kerakki, 29 yoshli futbolchi 3 yillik shartnoma imzolab, bu vaqt mobaynida kamida 10 mln evro maosh ishlab olmoqchi.

Kokoringa “Spartak”dan tashqari "Rubin", "Lokomotiv" va "Dinamo" klublari ham qiziqmoqda. Qolaversa, "Sochi" ham unga to‘laqonli shartnoma taklif qilishga tayyor.

Kokorin joriy mavsum “Sochi” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, "Spartak" Oston O‘runovni ham sotib olishga yaqin turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!