"Сити" qani? Chempionlar ligasida g'alaba uchun 5 asosiy da'vogar aniqlandi
Germaniya terma jamoasi va myunxenlik «Bavariya»ning sobiq yulduzi Lotar Matteus yangi mavsumdagi UEFA Chempionlar ligasi oldidan o‘z taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uning fikricha, bu yilgi musobaqada bir nechta klublar bosh favorit sifatida ko‘rilayapti.
Sky Sport xabar berishicha, Matteus beshta jamoani asosiy da’vogarlar qatoriga qo‘shgan. Uning ro‘yxatiga Kataloniyaning «Barselona», fransuz grandi PSJ, Myunxenning «Bavariya», Londonning «Arsenal» va Madridning «Real» klublari kirgan.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi Chempionlar ligasi g‘olibi «PSJ» hisoblanadi. O‘tgan mavsum finalida Luis Enrique shogirdlari «Arsenal»ga qarshi bellashuvda asosiy vaqt va qo‘shimcha daqiqalarda g‘olibni aniqlay olmagan, ammo penaltilar seriyasida ustun kelgan edi. Shu tariqa parijliklar nufuzli musobaqani ketma-ket ikkinchi bor qo‘lga kiritishdi.

Fikrlar