
Qariya APLda qoladi
"Uotford" golkiperi Ben Foster klub bilan yangi shartnomaga imzo chekdi.
Klub rasmiy sayti ma’lumotiga ko‘ra, angliyalik darvozabon yana ikki mavsum "qovog‘arilar" tarkibida qoladi.
Joriy mavsumda 37 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar