
"Qaroqchi" ning keyingi o‘ljasi ma’lum
"Shara Bullet" yoki muxlislar "qaroqchi" laqabi bilan atayotgan Sharabutdin Magomedovning keyingi raqibi ma’lum. Bu haqda uning menejeri Rizvan Magomedov xabar qildi.
“Shara navbatdagi jangini 1 fevral kuni Saudiya Arabistonida o‘tkazadi. Raqib Maykl Peyj bo‘ladi", - deya Magomedovning so‘zlarini keltirdi "TACC".
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik so‘nggi jangini "UFC 308" turnirida o‘tkazib, Armen Petrosyanni 2-raund nokautga uchratgandi.
Fikrlar