
"Qaroqchi"ni engan Maykl Peyj UFC sobiq chempionini jangga chorladi
Britaniyalik UFC jangchisi Maykl Peyj "UFC Fight NIght 250" turnirida rossiyalik Sharabutdin Magomedov ustidan g‘alaba qozongach keyingi rejalari haqida gapirdi.
"Navbatdagi nishonim - Leon Edvards. Menimcha, bu jang Buyuk Britaniyadagi barcha muxlislar uchun qiziq bo‘ladi" - dedi Peyj matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Edvards "UFC 304" musobaqasida Belal Muhammadga hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub bo‘lgan edi.
Fikrlar