Qatar amiri Mbappeni PSJga ipsiz bog‘lab qo‘ydi

  • 6 aprel, 2020, 16:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe joriy yozgi transferlar davrida jamoadan ketmaydi. Bu haqda Get French Football News nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, bu qarorni shaxsan jamoa xo‘jayini hisoblangan Qatar amiri Tamim bin Hamad Al-Tani qabul qilgan. Mbappega esa “Real”dan jiddiy takliflar bo‘layotgan edi.

Kilian PSJ safiga 2017 yilda “Monako”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida parijliklar safida 120 ta o‘yinda maydonga tushdi va 90 ta gol hamda 49 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!