Qatar bosh murabbiyi : "Ertaga jismoniy o‘yin bo‘ladi"
Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi chorak finalida Qatar bilan kuch sinashadi. Bugun o‘yin oldi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Qatar terma jamoasi ustozi Bartolome Markes ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi.
"Futbolchilarda hech qanday salbiy bosim yo‘q, ularda yaxshi motivatsiya bor va g‘alaba qozonishimizga ishonamiz. Bu juda qiyin o‘yin bo‘ladi va bizning foydamizga ijobiy hal bo‘ladi deb o‘ylayman.
Biz chorak finalga ajoyib formada etib keldik, ketma-ket to‘rtta o‘yinda g‘alaba qozonib, etti marta gol urdik va bir marta gol o‘tkazib yubordik. Yo‘qotadigan hech narsamiz yo‘q, ertaga borimizni beramiz.
Bizda iqtidorli va tezkor o‘yinchilar bor, ehtimol musobaqadagi eng tezkor o‘yinchilardir. Ammo bu juda jismoniy o‘yin bo‘ladi", dedi mezbonlar ustozi.

Fikrlar