Qatarda chipta narxlari sun’iy tarzda oshirib yuborilmoqda, buning sababi...

  • 5 dekabr, 2022, 14:18
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo mafiyasi Argentina terma jamoasining o‘yinlari uchun chiptalarni nominal qiymatidan besh baravar qimmatroqqa sotmoqda, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

Manbaga ko‘ra, xitoylik chayqovchilar Qatardagi turnir Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi uchun so‘nggisi bo‘lishidan «unumli» foydalanib qolmoqchi.

Jumladan, Niderlandiyaga qarshi chorak final o‘yini uchun chiptalar narxi 4500 evro qiymatida sotildi, bu rasmiy narxdan besh baravar ko‘p degani. Bundan tashqari stadionlarda ovqatlanish imkoniyatini o‘z ichiga olgan premium paketlar 7500 evroga taklif etilgan.

Argentina va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 9 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Messi avvalroq Qatardagi jahon chempionati uning faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishini aytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!