
Qatarda Ronalduning sevgilisiga sovg‘a berishdi (foto)
Krishtianu Ronalduning turmush o‘rtog‘i Jorjina Rodriges o‘z farzandlari bilan portugaliyalik yulduzni jahon chempionatida qo‘llab-quvvatlash uchun Dohaga keldi.
Qatarda Jorjinani sovg‘a tariqasida tort bilan kutib olishdi. Tortning aksariyati Ronalduning surati bilan bezatilgan. Uning balandligi taxminan - 1,5 metr.
Shuningdek, tortda Rodrigesning o‘zi farzandlari bilan birga tasvirlangan. Jorjina ushbu suratni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joyladi.
Fikrlar