
Qilichbozlik. Bir sportchimiz chorak finalda to‘xtadi, ikkinchisi esa...
Janubiy Koreyaning Seul shahrida qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.
Bugun 4 vakilimiz o‘z yurishini boshladi. 1/16 final bosqichida Roman Aleksandrov yaponiyalik Masaru Yamadaga qarshi bahs olib bordi va 15:12 hisobida zafar quchdi. Biroq sportchimiz chorak finalda o‘z yurishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. U mezbonlar nomidan ishtirok etayotgan Sanyung Parkka imkoniyatni boy berdi, 6:15.
Aleksandrovdan tashqari Fayzulla Alimov ham 11 iyun sanasida bahslarda ishtirok etdi, ammo unga ham omad etishmadi. Sportchimiz 1/16 finalda mag‘lubiyatga uchradi. Fayzulla Alimov - Vadim Sharlaimov (Qozog‘iston) 8:14.
Ulardan tashqari, Nodirbek Mo‘minov hamda Javohir Nurmatov ham bahslarda ishtirok etdi, biroq ular 1/16 finalga qadar etib bora olmadi.
Ertaga delegatsiyamiz tarkibidagi yulduz sportchimiz Paola Pliego sablya dasturida o‘z yurishini boshlaydi.
Fikrlar