Qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati navbatdagi kuni ortda qoldi, natijalarimiz qanday?

  • 27.07.2023 19:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boshqalar
Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tayorgan qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatining 27 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi vakillari uchun yakunlandi, deya xabar bermoqda milliy Olimpiya Qo‘mitasi matbuot xizmadi. 
 
Yakkalik bahslarida 1/32 finalda maydonga chiqqan sablyachi Gulistan Perdibaeva hamda rapirachi Doniyor Sa’dullaev ilk jangdayoq mag‘lubiyatga uchrashdi. Jamoaviy dasturda esa shpagachi qizlarimiz va sablyachi yigitlarimiz 1/16 finalda janubiy koreyalik qilichbozlarga imkoniyatni boy berishdi.
 
1/32 final: Gulistan Perdibaeva – Misaki Emura (Yaponiya) 9:15
1/32 final: Doniyor Sa’dullaev – Xa Tae-Gu (Janubiy Koreya) 5:15
 
1/32 final, jamoaviy shpaga: O‘zbekiston – Kosta-Rika 45:22
1/16 final, jamoaviy shpaga: O‘zbekiston – Janubiy Koreya 32:45
 
1/32 final, jamoaviy sablya: O‘zbekiston – Irlandiya 45:26
1/16 final, jamoaviy sablya: O‘zbekiston – Janubiy Koreya 28:45

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!