Asosiy mazmunga oʻtish

Qilichbozlik. Guslitan Perdibaeva kumush medalga sazovor bo‘ldi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Yigitlarimiz medallar uchun kurashni erta tark etishdi

Ayni kunlarda Germaniyaning Dormagen shaharida yigitlar va Vengriyaning Budapesht shaharlarida qizlar o‘rtasida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha U20 yosh toifasidagi Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Yakkalik yo‘nalishida kechgan bellashuvlarda "Xanchjou-2022" yozgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi Guslitan Perdibaeva kumush medalga sazovor bo‘ldi. Hamyurtimiz finalda xitoylik Sueyi Raoga imkoniyatni boy berdi va ikkinchi o‘rin bilan cheklandi.

Afsuski, yigitlarimiz medallar uchun kurashni erta tark etishdi. Bugun atletlarimiz jamoaviy yo‘nalishda bahs olib borishadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q