Qirg‘iz Respublikasi nimaning evaziga Eronga munosib qarshilik ko‘rsata oldi?

  • 9 sentabr, 2024, 14:44
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qirg‘iz Respublikasi birinchi turda Eronga safar qilib, 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ammo ko‘pchilik terma jamoaning o‘ynini maqtadi va forslarga etarlicha xavf tug‘dira oldi, deb hisoblamoqda. 

Tecno

To‘g‘ri, ayrim qismlarida jamoa ustunlik qilishga muvaffaq bo‘lgan, ammo bu ularning bosimi evaziga emas, forslarni 5-10 daqiqalik tempni pasaytirgan paytda yuzaga kelgan epizodlar yig‘indisi.

Qirg‘iziston 1-turda mudofaada turib, qarshi xujumga tez o‘tish va tartibli ximoyalana olishini ko‘rsatdi, ammo muammolari xam etarlicha. Yarim ximoya chizig‘ining bosim chog‘i o‘yindan tushib qolishi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Eron bilan o‘yin davomida qo‘shnilarimiz bor yo‘g‘i 47 uzatmani amalga oshirgan. Ularning atigi 27 tasi manzilga etib borgan xalos.Raqib yakkakurashlar va ikkinchi qavatdagi janglarga urg‘u beradi. Shu fazadagi duellarda engilmaslik shart! 

Eron darvozasi oldidagi yagona golli vaziyat xam Kojoning bosh zonaga qochib chiqishiga berilgan uzun pas mevasi

Biz uchun "mayda pasli" Shimoliy Koreyadan ko‘ra, qirg‘izlar strategik va stilistik tomondan ancha qulayroq. Ijrochilar o‘rtasidagi farqni tabloga ko‘chirishni o‘zi g‘alaba uchun kifoya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!