Qirg‘iz Respublikasi termasining necha nafar futbolchisi O‘zbekiston chempionatida o‘ynaydi?

  • 8 sentabr, 2024, 19:22
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-2026 saralashi Osiyo mintaqasida 2-tur uchrashuvlari boshlanish arafasida. Mazkur tur doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi qo‘shni hisoblanmish Qirg‘iz Respublikasi bilan bahs olib boradi. 

Ushbu uchrashuvda qo‘lga kiritilgan g‘alaba bizni guruh peshqadamiga aylantirishi ehtimoli katta. Sababi, mazkur turda "A" guruhida termamiz qatori ilk bahsda g‘alaba qozongan Eron va BAA to‘qnash keladi. 

Ta’kidlash kerak, Qirg‘iz Respublikasi safida O‘zbekiston chempionatidan uch nafar futbolchi bor. Valeriy Kichin ("Lokomotiv"), Joel Kojo ("Dinamo") hamda Kimi Merk ("Paxtakor") shular jumlasidandir. 

Eslatib o‘tamiz, Eronga qarshi bahsda ushbu futbolchilarning uchalasi ham maydonga tushgan (faqatgina Kimi Merk zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan). 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Болельщик
10/09/2024 08:45
Галаба болсин