Qirg‘izistonda ushu sanda terma jamoamiz 12 ta medalni qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Ayni kunlarda Qirg‘izistonning Issiqko‘l shahrida an’anaviy "Qirg‘iziston marvaridi" deya nomlangan xalqaro festival bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur festivalda 10 ta yakkakurash turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. 

Tecno

Turnirda o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etmoqda. Jumladan ushu sanda bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida murabbiylar Tuyg‘un Saidov va Jamoliddin Salimjonov boshchiligida 20 nafardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. 

Quvonarlisi terma jamoamiz a’zolari 5 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ayniqsa 85 kg vazn toifasida Nurillo Saidov ushbu festival chempionlik kamarini sohibiga aylandi. Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, Nurillo Saidov ketma-ket uchinchi bor ushbu musobaqa chempioniga aylandi. 

Shu o‘rinda mazkur muvaffaqitya bilan terma jamoamiz a’zolari va murabbiylarini tabriklaymiz! Qolgan sport turlaridagi natijalarni ham e’tiboringizga havola etib boramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!