"Qizilqum" - "Andijon". Kichik ustunlik navoiyliklar tomonida

  • 06.07.2020 10:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Coca Cola Superligasining 8-turida “Qizilqum” o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qiladi. Uchrashuv oldidan "burgutlar" matbuot xizmati har ikkala jamoa qarama-qarshiligiga doir ayrim ma’lumotlarni e’lon qildi.

Jamoalar shu kungacha o‘zaro 32 marta bahs olib borishgan. O‘tkazilgan uchrashuvlarning 16 tasida “Qizilqum” futbolchilari g‘alaba qozongan bo‘lsa, 13 ta uchrashuvda “Andijon” jamoasining qo‘li baland kelgan. Qolgan uchta uchrashuv esa durang natijalari bilan o‘z yakuniga etgan.

“Qizilqum” "Andijon" darvozasiga 53 ta gol kiritgan bo‘lsa, andijonliklar navoiyliklar darvozasini 45 marotaba ishg‘ol etishgan.

Jamoalarning so‘nggi beshta mavsumdagi o‘zaro o‘yinlari bilan tanishing:

“Qizilqum” – “Andijon” - 1:2
15.06.2012. 10-tur. 3768 tomoshabin.
Hakam: Ravshan Ermatov
Gollar: Shishelov Vladimir - pen 34 (0:1), O‘runov G‘ulom, 67 (1:1), G‘oziev Bekzod, 82 (1:2)

“Andijon” – “Qizilqum” - 5:1
26.08.2012. 17-tur. 4159 tomoshabin.
Hakam: Tantashev Ilgiz
Gollar: Soliev Lochin, 34 (1:0), Kagirov Timur (avtogol), 39 (2:0), Mamazulumov Muydin, 47 (3:0), Validjanov Otabek, 52 (4:0), Abduraximov Baxrom (avtogol), 62 (4:1), Mamazulumov Muydin, 90+1 (5:1)

“Qizilqum” – “Andijon” - 1:0
23.03.2014. 2-tur. 4553 tomoshabin.
Hakam: Namazov Baxtiyor
Gol: Jo‘raev Sherali, 75 (1:0)

“Andijon” – “Qizilqum” - 2:0
09.08.2014. 15 tur. 7861 tomoshabin.
Hakam: Marat Ismoilov- 8,2
Gollar: Abdukadirov Abdulatif, 30 (1:0), Ibragimov Aziz 43 (2:0)

“Qizilqum” – “Andijan” - 1:0
25.04.2015. 6-tur. 8418 tomoshabin.
Hakamlar: Sherzod Qosimov - 8,8
Gollar: Derkach Andrey, 46 (1:0)

“Andijon” – “Qizilqum” - 3:2
12.09.2015. 21 tur. 5244 tomoshabin.
Hakamlar: Tseytlin Vladislav - 8,5
Gollar: Jadigerov Askar, 28 (1:0), Berdiev Anvar 38 (2:0), Abdukadirov Abdulatif, 50 (3:0), Vaxobov Baxritdin, 51 (3:1), Alimov Navruz, 55 (3:2)

“Qizilqum” – “Andijon” - 2:1
14.05.2016. 9-tur. 10231 tomoshabin.
Hakamlar: Ro‘ziev Xasan - 8,3
Gollar: Kvesieshvili Georgiy (avtogol), 24 (0:1), Derkach Andrey 27 (1:1), Vaxobov Baxritdin 33 (2:1)

“Andijon” – “Qizilqum” - 1:2
01.10.2016. 24-tur. 3415 tomoshabin.
Hakam: Tantashev Ilgiz - 8,3
Gollar: Berdyev Anvar 10 (1:0), Yunusov Ilxom – (pen), 45+1 (1:1), Shodiev Vaxid, 86 (1:2)

“Qizilqum” – “Andijon” - 1:1
08.03.2019. 1-tur. 7853 tomoshabin.
Hakamlar: Viktor Serazitdinov
Gollar: Oybek Qilichev 30 (0:1), Sherali Jo‘raev 72 (1:1)

“Andijon” – “Qizilqum” - 1:0
30.11.2019. 26-tur. 2200 tomoshabin.
Hakam: Viktor Serazitdinov
Gollar: Abdulloh Olimov 75 (1:0)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!