"Qizilqum" bosh murabbiyi Lazarevich ketdi...mi?

  • 7 aprel, 18:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Navoiyning "Qizilqum" jamoasida bosh murabbiy masalasida yangilik paydo bo‘ldi. Gap shundaki, serbiyalik Nikola Lazarevich o‘z vataniga qaytib ketgan. Bu borada O‘zPFL shunday xabar qildi:

"Ma’lumotda aytilishicha, klub bosh murabbiyi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Nikola Lazarevich sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab davolanish uchun Serbiyaga jo‘nab ketgan. Shundan kelib chiqib, yordamchi murabbiy Akmal Xoliqov vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaradi", - deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, "Qizilqum" 3 ta turdan so‘ng 1 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etib, 12-pog‘onani egallab turibdi.

4-turdan o‘rin olgan "Xorazm"ga qarshi o‘yini esa qoldirilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!