"Qizilqum" Evropaning o‘rtamiyona klubida o‘ynagan futbolchi transferini e’lon qildi

  • 3 mart, 2022, 18:00
  • 0
  • Futbol

"Qizilqum" o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etadi.

Klub matbuot xizmati ikki legioner transferi haqida ma’lumot berdi. "Estoniya terma jamoasi sobiq futbolchisi, faoliyati davomida Belgiya, Finlandiya, Estoniya va Qozog‘iston jamoalarida to‘p tepgan tajribali yarim himoyachi Artyom Dmitriev yangi masumni "Qizilqum" jamoasida boshlaydi.

Artyom Dmitriev xaqida qisqacha ma’lumot:

Ismi sharifi: Artyom Dmitriev
Tug‘ilgan joyi: Tallin - Estoniya
Tug‘ilgan sana: 14.11.1988 y.
Amplua: yarim himoyachi

Artyom Dmitriev to‘p tepgan jamoalar: "Vetra" (Litva), "Trans" (Estoniya), "Kruoya" (Litva), "Antverpen" (Belgiya), "Tyurnxaut" (Belgiya), "Oqjetpes" (Qozog‘iston), Jetisu" (Qozog‘iston).

Faoliyati davomida Avstriyaning "Kapfenberg" jamoasi va Nigeriyaning "Akwa United" jamoalarida to‘p tepgan yosh, iqtidorlik futbolchi Paul Komolafe yangi mavsumni “Qizilqum” jamoasida boshlaydi.

Paul Komolafe xaqida qisqacha ma’lumot:

Ismi sharifi: Paul Seun Komolafe
Tug‘ilgan joyi: Lagos - Nigeriya
Tug‘ilgan sana: 12.06.2000 y.
Amplua: hujumchi".

"Qiziqlum" matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!