
"Qizilqum" finalda yutqazdi. Tarkibda esa yangi futbolchi bor
Ekaterinburgdagi “Innoprom-2024” musobaqasining finaliga yo‘l olgan “Qizilqum” klubi mezbonlar – “Ural”ga qarshi hal qiluvchi o‘yinda ishtirok etishdi. 14-daqiqada mezbonlar futbolchisi Xrisanfov tomonidan kiritilgan yagona gol tufayli “Ural” g‘alaba qozondi.
Shuni ta’kidlash kerakki, “Qizilqum” tarkibiga Bangladesh chempionatida faoliyat olib borgan yarim himoyachi Asror G‘ofurov qo‘shildi va u finalda “Qizilqum” tarkibida maydonga tushdi.
“Qizilqum”: Xumoyunshoh Sayyotov, Ilhom Vahobov, Fayzulla Qambarov, Samandar Shukurullaev, Aziz Usmonov, Shaxzod Rahmatullaev, Xumoyun Abdualimov, Diyor Rahmatilloev, Fayzullan Jumanqo‘ziev, Muhammadali G‘iyosov, Asror G‘ofurov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Asadbek Asadov, Bobomurod Bozorov.
Fikrlar