"Qizilqum" Grigalashvili va Smitning o‘rnini Avstraliya, Rossiya va gruziyalik legionerlar bilan to‘ldirishi mumkin

Jamoa tarkibidagi o‘zgarishlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘nggi to‘rt mavsumda klub sharafini himoya qilib kelgan Erkin Boydullaev, gruziyalik legioner Elguja Grigalashvili, yarim himoyachi Eldor Boymatov va nikaragualik futbolchi Ariagner Smit jamoa bilan xayrlashishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Ikkinchi davrada jamoa tarkibiga Avstraliya, Gruziya va rossiyalik legionerlar ko‘rikda bo‘lib turishibdi. Jamoa a’zolari kuniga ikki mahal mashg‘ulot o‘tkazishmoqda.

Bugun futbolchilar yig‘in davomida ilk nazorat uchrashuvini Termizning “Surxon” jamoasi qarshi o‘tkazishadi. Uchrashuv soat 19:30 da “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Asil Dushanov
19/07/2019 06:28
Medina smithga omad
&
Surxon turon
15/07/2019 22:44
Суппер лига авжига чиқадиганга ӯхшайди