
"Qizilqum" kelgusi haftada Superliganing 2 grandiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi
2021-yilgi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qizilqum" klubi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini Toshkentda davom ettirmoqda. Bugun yangi mavsumga qur’a tashlash marosimiga tashrif buyurgan Hamidjon Aktamov jamoasini oldinda 2 ta kuchli raqibga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi kutib turganini ma’lum qildi:
"Jamoada yangi tajribali futbolchilar bor. Oldimizda turgan yana bir haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida yaxshi mehnat qilib, yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni davom ettiramiz. Kelgusi haftada 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirganmiz: "Paxtakor" va "Qo‘qon-1912" jamoalari bilan bu borada kelishib qo‘yganmiz", - dedi Aktamov.
Fikrlar