"Qizilqum" o‘rtoqlik o‘yinida "Surxon"ni mag‘lub etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qizilqum" o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Unda navoiyliklarga "Surxon" jamoasi raqiblik qildi. 

Mazkur bellashuvda "oltin izlovchilar" 3:1 hisobida zafar quchdi. Navoiy klubida gollarga Jasur Xolto‘raev, Sherali Jo‘raev, Ilhom Vahobov mualliflik qildi. Termizliklarning yagona golini Kamron Saidazimov kiritdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Toshkent yig‘ini davomida "Qizilqum" navbatdagi nazorat uchrashuvini 27 yanvar kuni Samarqandning “Dinamo”siga qarshi o‘tkazadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!