"Qizilqum" ukrainalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

  • 31.01.2025 14:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Qizilqum" Roman Papariga bilan shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda klubning matbuot xizmati. 
 
Superliga klubi yangi mavsum uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu bois, transferlar oynasida faol ishtirok etib, bir necha transferlarni amalga oshirdi. Bu galgi futbolchi esa ukrainalik forvard Papariga bo‘ldi. Bundan avval, Farhod Bekmurodov va Nikola Kumburovich bilan ham kelishuvga erishgan edi. 
 
Belarus kubogi sohibi bo‘lgan Roman yangi mavsumda "oltin izlovchilar" libosida harakat qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, hujumchi klub bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekkan. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 25 yoshli futbolchi Abduqodir Husanovning sobiq jamoasi hisoblangan "Energetik-BGU" tarkibida harakat qilib, 49 ta uchrashuvda ishtirok etgan holda, 5 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!