"Qizilqum" yana bir darvozabon transferini e’lon qildi

  • 03.01.2025 18:46
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Farhod Rahmatov — "Qizilqum" jamoasi futbolchisi!

O‘tgan mavsumni Samarqandning "Dinamo" jamoasida o‘tkazgan mahoratli darvozabon Farhod Rahmatov yangi mavsumda "Qizilqum" sharafini himoya qiladi. Klub rahbariyati va futbolchi o‘rtasida ikki yillik bitim imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, Farhod Rahmatov yakunlangan mavsumda "Dinamo" tarkibida Superliga doirasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 2 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!